11:22 / 17.05.2019
11346
Majburiy chipta sotish: XTV yana bir holat bo‘yicha ma'lumot berdi
Foto: KUN.UZ

Xalq ta'limi vazirining Huquqiy-nazorat xizmati xodimlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda so‘z ustasi G‘ayrat Ahmedovning Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumanida joriy yilning 10 maydagi konsert dasturiga xalq ta'limi muassasalari pedagoglariga 10000 so‘mdan majburiy chipta sotilganligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi, deb xabar qilmoqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati.

O‘rganish jarayonida Dang‘ara tumani xalq ta'limi bo‘limi ma'naviy-axloqiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy muhofaza qilish sho‘'basi rahbari U.X. shaxsiy manfaatini ko‘zlab 10 may kuni tuman madaniyat bo‘limida konsert dasturi tashkilotchilari bilan kelishib, tuman xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 40 ta ta'lim muassasalarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlariga 200 dona konsert chiptasini 10000 so‘mdan majburiy ravishda tarqatganligi aniqlangan.

Dang‘ara tumani xalq ta'limi bo‘limi mudirining buyrug‘i bilan xalq ta'limi bo‘limi ma'naviy-ma'rifiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy muhofaza qilish sho‘'basi rahbari U.X. o‘z lavozim vazifasini suiiste'mol qilganligi, rahbariyatni ogohlantirmasdan o‘zboshimchalik bilan harakat qilganligi uchun lavozimidan ozod etish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.

Bundan oldin, Qashqadaryoda konsertga chiptani majburlab sotgan maktab direktori lavozimidan ozod etilgandi.

Top