Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyati temiryo‘l vokzallarida chiptalar bilan bog‘liq firiblar aniqlandi
Aslida qaytarilmagan chiptalar buyruqlarda ko‘rsatilib, yangi chiptalar begona shaxslar nomiga qayta rasmiylashtirilgani ta’kidlanmoqda.
Farg‘ona viloyati temiryo‘l vokzallarida chiptalarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq qonunbuzarliklar aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd qilinishicha, «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ Farg‘ona filialining temiryo‘l vokzallarida moliyaviy intizom hamda chiptalarni rasmiylashtirish texnologiyalariga amal qilish holati mutaxassislar tomonidan o‘rganilganda kamomadlar aniqlangan.
Xususan, filialning Qo‘qon temiryo‘l vokzalida 2022 yil aprel oyidan joriy yilning may oyigacha bank plastik kartalari orqali xarid qilingan chiptalarning rasmiylashtirilishida soxta ma’lumotlar fosh bo‘lgan. Aslida qaytarilmagan chiptalar buyruqlarda ko‘rsatilib, yangi chiptalar begona shaxslar nomiga qayta rasmiylashtirilgan. Oqibatda, «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ manfaatlariga 69 million so‘mga yaqin zarar yetkazilgan.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan chiptaxonalar hisobotlari bank aylanma ma’lumotlari bilan solishtirilganda Marg‘ilon temiryo‘l vokzalida qariyb 299 million so‘m, Farg‘ona temiryo‘l chiptaxonasida 66 million so‘mdan ortiq kamomad aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:24 / 20.01.2026
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
14:11 / 19.01.2026
Silk Avia 1 fevraldan mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha chiptalar narxini oshiradi
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
16:25 / 17.01.2026