8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

08:58 / 17.05.2019 13309

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara masalasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi

Foto: Slutskiy Maksim/TASS

2019 yilning 13-16 may kunlari Bishkek shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasi delimitatsiyasi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasining qolgan uchastkalarini tavsiflash bo‘yicha takliflar muhokama qilindi, deyiladi TIV xabarida.

Uchrashuvda davlatlararo chegaraning ayrim uchastkalarida qo‘shma dala ishlarini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Muzokaralar yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi delegatsiyalari rahbarlari To‘lqin Abdullayev va Kanibek Botobayev tegishli protokolni imzoladilar.

Navbatdagi uchrashuvni O‘zbekiston hududida o‘tkazish rejalashtirildi, deyiladi ma'lumotda.

Top