8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

16:22 / 18.05.2019 104090

Toshkentda avtomobillar yonishi: yoritgichlar aybdor ekani rostmi? 

Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda yonayotgan avtomobillarning suratlari tarqalmoqda. Foydalanuvchilarning fikrlariga ko‘ra, bunga kunduz vaqtida chiroqlarni yoqib yurish sabab bo‘lgan. Bu masala ko‘plarni qiynab kelayotganligi sababli Toshkent shahar IIBB xodimlari O‘zbekiston Respublikasi FVV Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi bilan bog‘langanligi natijasida quyidagilar ma'lum bo‘ldi.

O‘tgan 2018 yilda yengil mashinalarni yonib ketishi bilan bog‘liq 64 ta holat qayd etilgan edi. 2019 yilning boshidan esa Toshkentda avtomobillarning 11 marta yonganliklari qayd etildi. Bulardan ikki holatda yonish – yoqilg‘i tizimi ishdan chiqqanligi sababli yuz bergan. Qolgan holatlarda esa yong‘in quyidagi rusumli avtomobillarda elektr o‘tkazish tizimi buzilganligi bois sodir bo‘lgan: GAZ-3102, GAZ-2401, Daewoo Matiz, VAZ-2109, Hyundai Sonata, Ford Sierra, GAZ-2420, Chevrolet Epica, Chevrolet Captiva, Chevrolet Damas (yong‘inga YTH sabab bo‘lgan), Chevrolet Cobalt – avtomobilning motor qismida sodir bo‘lgan bort kompyuteri va akkumulyatorni ulab turuvchi elektr o‘tkazish tizimidagi qisqa uzilish sabab bo‘lgan. Avtomobil yoritgichlariga zarar yetmagan, deyiladi IIBB xabarida.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Kecha, 17 may kuni soat 16.00 va 17.00 oralig‘ida Farhod ko‘chasida qurilayotgan restoran qarshisida sodir bo‘lgan «Volvo» rusumli avtomobilning yonishida, haydovchiga yordam bergan quruvchilarning va boshqa guvohlarning hamda haydovchining o‘zining gaplariga ko‘ra motor qismidagi muammolar sabab bo‘lgan. Shoshilinch xizmatlar bo‘lmish 101 yoki 102 raqamlariga u va guvohlar qo‘ng‘iroq qilishmagan. Agar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratga e'tibor bilan qaralsa, yoritgichlarga zarar yetmaganini ko‘rish mumkin, deyiladi ma'lumotda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

FVV Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimlarining ma'lum qilishlaricha, yong‘inga sabab bo‘lgan elektr o‘tkazgichlarning texnik qoniqarsiz holatlari ko‘pincha eski yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillarda uchraydi. Shunday ekan, agar avtomobil «katta yoshda» bo‘lsa, texnik ko‘rik davomida elektr o‘tkazgichlarga alohida e'tibor berish zarur.

“Biz bu kabi hodisalar suratlarini tarqatuvchi fuqarolarni, blogerlarni hamda Telegram messenjerida o‘z kanalini yurgizadiganlarni avtomobillarning yonish sabablari to‘g‘risidagi o‘z “mutaxassis” xulosalari bilan insonlarni adashtirmaslikka chaqiramiz”, - deya yakunlangan poytaxt IIBB xabari.

Top