8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

07:45 / 19.05.2019 19609

Saudiya Arabistoni podshohi favqulodda sammit chaqirtirdi

Foto: RIA Novosti / Yekaterina Shtukina

Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud Eron bilan munosabatlar keskinlashgani ortida arab dunyosi yetakchilarini Makkada favqulodda sammit o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda Saudiya Arabistonining SPA axborot agentligi podshohlik tashqi ishlar vazirligidagi yuqori lavozimli manbaga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, podshohning chaqirig‘i BAA sohillari yaqinida tankerlarga hujum qilinishi hamda husiylarning Saudiya Arabistonidagi ikkita neft tortish stansiyasiga hujumi ortida Arab davlatlari ligasi va Fors ko‘rfazi davlatlari hamkorlik kengashi davlatlariga qaratilgan. AQSh maxsus xizmatlarining fikricha, tankerlarga hujumni Eron hukumatini qo‘llab-quvvatlovchi yoki ularga ishlovchi kuchlar amalga oshirgan bo‘lishi mumkin.

“Ikki muqaddas qadamjo asrovchisi Fors ko‘rfazi davlatlari kengashi va Arab davlatlari ligasidagi o‘z inilarini 30 iyunda Makkada ikkita favqulodda sammit o‘tkazishga chaqirdi”, deyilgan xabarda.

Shu sanaga Makkada, shuningdek, Islom hamkorlik tashkiloti davlatlari rahbarlari va bosh vazirlari ishtirokida uchrashuv belgilangan.

Top