Shuhrat Shavkatovich Sharipov Toyloq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sh.Sharipov 1988 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2011 yilda Toshkent Moliya institutini tamomlagan. Soliq tizimidagi mehnat faoliyatini Toyloq tumani davlat soliq inspeksiyasi EHM operatorligidan boshlagan.
U yangi lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.