8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

09:13 / 24.05.2019 15650

Bosh prokuratura: noqonuniy dori vositalari saqlanuvchi «yama» aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod shahar bo‘limi tomonidan DXX shahar bo‘limi va Toshkent viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Bekobod shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro A.X. o‘z xonadonida xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalarini noqonuniy ravishda muomalaga kiritishga mo‘ljallangan «yama» tashkil etganligi aniqlangan.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Xususan, ushbu «yama»da O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonuniy olib kirilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 320 mln. so‘mlik dori vositalari hamda 84 kg «Latun» (rangli metall) parchalari saqlanayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan A.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top