09:36 / 27.05.2019
5810
Qo‘qonda tanishining boshiga otvyortka bilan urgan shaxs qo‘lga olindi

2019 yil 21 may kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahar A.Navoiy dahasida yashovchi 21 yoshli I.D. tanishi, A.To‘qay ko‘chasida yashovchi 23 yoshli S.K.ning uyi oldida o‘zaro janjal tufayli uni boshiga otvyortka bilan urib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada S.K. kasalxonaga yotqizilgan. I.D. ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Top