Tezkor tadbir davomida huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tomonidan heç qanday hujjatlari bölmagan 25 turdagi 392 million sömlikdan ziyod tibbiy dori vositalari daliliy aşyo sifatida olindi.

Qöqonlik A.A. tanişi F.M.dan çet elda işlab çiqarilgan juda köp miqdordagi tibbiy dori vositalarini olib, öz xonadonida saqlab kelgan.

DXX va Farğona viloyati bojxonasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda M.J.ning boşqaruvidagi yuk avtomaşinasi Danğara tumani Çağali qişloği hududidan ötgan “Qöqon–Toşkent” avtomobil yöli böylab poytaxt tomon ketayotgan vaqtda töxtatilib, közdan keçirildi.

Mazkur yuk avtomaşinasida A.A.ga tegişli, heç qanday hujjatlari bölmagan 10 ming dona “Metrogil 100 ml” nomli dori vositalari borligi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida olindi. Şundan söng tadbir davomida uning uyida saqlanayotgan xorijda işlab çiqarilayotgan dorilar foş etilib, tegişli hujjatlar rasmiylaştirildi.

Daliliy aşyo sifatida olingan 23 turdagi dori vositalari davlat reyestrida röyxatga olinmagani, muvofiqlik sertifikatlari rasmiylaştirilmagani hamda saqlaş şaroitiga amal qilinmagani ma’lum böldi. Şuningdek, dorilarni sotiş, taşiş va tibbiyot amaliyotida qöllaş taqiqlangani böyiça xulosa berilgan.

Jinoyat işlari böyiça Danğara tuman sudi tomonidan A.A. 6 yil-u 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilib, sud zalidan qamoqqa olindi.