8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

01:08 / 27.05.2019 10245

Tramp Shimoliy Koreyaning yangi raketa sinovlaridan tashvishda emasligini aytdi 

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya tomonidan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilganidan tashvishda emas. Tramp Shimoliy Koreya tomonidan yaqinda o‘tkazilgan raketa sinovlariga shunday izoh berdi.

Avval ma'lum qilinganidek, sinovlar 4 va 9 may kunlari o‘tkazilgan. Raketalar Pxyonan-Pukto viloyatidagi poligondan uchirilgan va Yapon dengiziga tushgan.

“Shimoliy Koreya kichik qurollardan o‘t ochdi va shu bilan mening ba'zi odamlarim hamda boshqa bir odamlarni xavotirga soldi, biroq meni emas. Aminmanki, rais Kim menga bergan va'dasining ustidan chiqadi”, deb yozgan Tramp tvitterda.

AQSh prezidenti asosiy siyosiy raqibi – AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden haqida Shimoliy Koreya hukumati bildirgan tanqidiy fikrlar unga yoqqanini tan olgan.

“Men Kim Chen In “botqoq odami” Jo Baydenni ongi past shaxs deganda jilmayib qo‘ydim. Balki u menga ishora berayotgandir?”, deb ta'kidlab o‘tgan Tramp.

Top