8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

02:03 / 30.05.2019 17328

Allohning zikrida nimalar yashiringan?

“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Zikrning fazilati”, deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni Toshkent shahridagi “Xo‘ja Alambardor” masjidi imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li sharhlab berdi.

YouTube

Tas-IX

Bir kuni Payg‘ambarimiz alayhissalom sahobalar bilan o‘tirgan edilar. Ularga eng yaxshi, eng savobi ko‘p amalni o‘rgatmoqchi bo‘ldilar va aytdilar: “Sizlarga podshohingiz bo‘lgan Allohning huzuridagi eng yaxshi, eng pok, darojotlaringizni yuqori qiladigan, siz uchun tilla-kumush sadaqa qilishdan ham yaxshiroq bo‘lgan, dushmaningizga yo‘liqib bo‘ynini urishdan va ular ham sizning bo‘yningizni urishdan yaxshiroq amalning xabarini beraymi?”.

Sahobalar: “Ha Allohning Rasuli, xabar bering”, - deyishdi.

Shunda habibimiz sallollohu alayhi vasallam: “Alloh taoloning zikri”, - dedilar.

Imom Termiziy rivoyati.

Rasululloh sallollohu alayhi vasallam Allohning zikrida yashiringan fazilatlarni sanadilar. “Eng yaxshi, eng pok, darajotni ko‘taradigan, tilla-kumushni sadaqa qilishdan yaxshiroq bo‘lgan, jihoddan ham, shahid bo‘lishdan ham a'lo bo‘lgan...”. Ulamolar bu hadisni shunday sharhlagan ekanlarki, birgina hadisda shuncha fazilatlar mavjudligiga asosiy sabab shuki, odatda zikrda riyo qilish ehtimoli kam bo‘lar ekan. Garchi kichkina ko‘rinsada, riyosiz amalning savobi katta bo‘lar ekan. 

Namoz va boshqa ibodatlarning fazilati bo‘lganidek, zikrning ham fazilatlari bor? Dovud alayhissalom Allohga munojaat qilib aytyaptilar: “Ilohim! Meni zikr etuvchilar majlisini tashlab, g‘ofillar majlisiga ketgan holda ko‘rsang, oyoqlarimni sindir. Mana shunday qilishing, menga bergan ne'mating bo‘ladi”. 

Zikrning eng ulug‘ fazilatlaridan biri – Alloh taolodek buyuk zot ojiz va gunohkor bandasini zikr qilishi ekan. Zero Alloh qaysi bandasini tilga olsa, yod etsa u ikki dunyo saodatiga erishar ekan. Shuning uchun bo‘lsa kerak Alloh bandalarini ko‘p zikr qilishga buyurib, “Ey, iymon keltirganlar. Allohni ko‘p zikr qilingiz”, (Ahzob surasi) deb marhamat qilyapti.

Top