8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

10:44 / 30.05.2019 16919

IIBB YTH haqidagi videoni yo‘llashning uch xil usulini ma'lum qildi

Foto: Aleksey Malgavko / RIA Novosti

Yo‘l-transport hodisasining videoga qayd etilgani tergovga sezilarli yordam berishi mumkin, ammo videokuzatuv kameralardan har doim ham foyda bo‘lmaydi – ba'zida rakurs pand bersa, boshqa hollarda kameraning o‘zi bo‘lmaydi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB.

Qayd etilishicha, bugungi kunda ko‘plab avtomobillarda videoregistratorlar bor, ular turli hodisalarning «guvohlari» bo‘lib turishadi. IIBga faylni olib borish yoki YHXB YPX otryadini kutib turish uchun hamma haydovchida ham vaqt bo‘lmasligi mumkin. 

«Biz videofaktni qulayroq yo‘l bilan jo‘natish imkoniyatini taklif qilamiz. Faylni bizga onlayn tarzda «Tergovga yordam» majburiy belgisi bilan yo‘llashning uch xil usuli mavjud: 

1. Facebook-sahifamizga shaxsiy xabar qoldirish www.facebook.com/iibb.uz/
2. Facebook-guruhimizga yo‘llash www.facebook.com/groups/iibb.toshkent/
3. t.me/iibb_bot IIBB telegramm-botiga (20 MB dan ortiq vazndagi fayllarni cheklovi mavjud).

YTHning sanasi, vaqti va joyini ko‘rsatib o‘ting (ayniqsa registratorning kadrida noto‘g‘ri ma'lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lsa). Faol fuqarolik pozitsiyangiz sababli siz hodisaning barcha holatlarini o‘rganishda katta yordam bergan bo‘lasiz», - deyiladi xabarda.

Teglar

Top