12:49 / 01.06.2019
6397
Bo‘stonliqda o‘zaro janjal bir kishining o‘limi bilan yakunlandi

2019 yil 28 may kuni Farg‘ona viloyati Quva tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan 49 yoshli Sh.N. mast holda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Alg‘abas MFY hududida joylashgan fermer xo‘jaligi dala maydonida joylashgan shiyponda o‘zaro janjal oqibatida mast holda bo‘lgan tanishi, Quva tumanida yashagan 39 yoshli I.N.ning boshiga ketmon bilan urib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada I.N. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 29 may kuni shu yerda vafot etgan. Sh.N. ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Top