8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

13:10 / 01.06.2019 1581

«Siz davlat himoyasidasiz». Farg‘ona viloyat IIB tomonidan muruvvat uyi tarbiyalanuvchilariga sovg‘alar ulashildi 

Joriy yilning 31 may kuni Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tadbir uyushtirildi. 

Shu munosabat bilan boshqarma boshlig‘i A.Mehmonov va bir qancha xodimlar Farg‘ona shahrida joylashgan muruvvat uyiga borishdi. U yerda qiziqarli tadbirlar o‘tkazildi. 

Mayor A.Mehmonov O‘zbekistondagi har bir bola davlat himoyasida ekani, ularning huquq va erkinliklari qonunlar bilan kafolatlangani va ularning ijtimoiy ta'minot masalasi doimo hukumat diqqatida ekanini aytdi. 

Tadbir so‘ngida boshqarma xodimlari tomonidan olib kelingan sovg‘alar bolalarga ulashildi.

Top