9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

18:55 / 04.06.2019 2069

Qozog‘istonda 15 yil ichida suv quvurlarini to‘liq almashtirish rejalashtirilmoqda

Kairbek Uskenbayev

Qozog‘istonda 15 yil ichida quvurlar 100 foiz almashtiriladi, deb ma'lum qildi Qozog‘iston sanoat va infrastruktura vazirining birinchi o‘rinbosari Kairbek Uskenbayev.

«Biz 15 yil ichida barcha suv quvurlarini almashtirishimiz lozim. Budjet dasturiga ko‘ra, har uch yilda 20% quvur yangilanadi. Shu tarzda 15 yil ichida 100% quvurlarni yangilaymiz. Quvurning xizmat ko‘rsatish muddati 30 yil», — dedi Uskenbayev.

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Nur-Sulton, Almati va Chimkent shaharlari bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, uning doirasida shahar atrofidagi aholi maskanlarini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash uchun har yili 30 mlrd tenge (78 mln dollar) ajratiladi.

Top