8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

12:40 / 05.06.2019 2017

Avtomashina salonidan 18 mln so‘m pul o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

2019 yil 3 iyun kuni Buxoro shahar Shofirkon tumanida yashovchi 20 yoshli M.I., Buxoro shahar Fatxoobod ko‘chasida yashovchi 34 yoshli E.R., Romitan tumanida yashovchi 40 yoshli O‘.M.lar Buxoro shahar Samarqand ko‘chasida qarovsiz qoldirilgan Buxoro tumanida yashovchi 28 yoshli Yu.O.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashinasi salonidan 18 mln. so‘m pullarini o‘g‘irlab ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yuqorida ko‘rsatilgan uch nafar o‘g‘rilar ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.   

Top