15:40 / 07.06.2019
18577
IIV: Faralar bo‘yicha ma'muriy bayonnoma tuzilgan va to‘lov amalga oshirilgan jarimalar qaytarilmaydi
Foto: KUN.UZ

Adliya vazirligida qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish maqsadida “Qonunchilikdagi yangiliklar” nomli matbuot anjumani tashkil etildi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, soha mutaxassislari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 iyundagi “Yo‘l harakati xavfsizligini  ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 460-son qarori bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazilmoqda. 

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xodimi, mayor Azizxon Murodovning so‘zlariga ko‘ra, kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib harakatlanish bo‘yicha ma'muriy bayonnoma tuzilgan va to‘lov amalga oshirilgan jarimalar qaytarilmaydi.

Qo‘shimcha qilinishicha, bayonnoma rasmiylashtirilgan, ammo to‘lashga ulgurmagan haydovchilar uchun bu bayonnoma bekor qilinadi. 

Eslatib o‘tamiz, qarorga ko‘ra 2021 yil 1 yanvarga qadar kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligi bo‘yicha talab avtomatik yonib turuvchi kunduzgi signal chiroqlari bilan jihozlanmagan avtomototransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 

Mavzu
Faralar mojarosi
2019 yil 9 apreldagi hukumat qarori bilan, kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligi belgilandi. Jamoatchilik e'tirozi ortidan mazkur talab avvaliga 2021 yil 1 yanvarga surildi, so‘ng bekor qilindi.
Barchasi
Top