8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

19:40 / 07.06.2019 5876

NASAning Marsga uchishga mo‘ljallangan vertolyoti parvozga tayyor

Foto: NASA / JPL-Caltech

NASAning yangi roveri bilan birgalikda Marsga uchadigan tajriba apparati vakuum sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi va koinotga parvoz qilishga tayyor. Bu haqda NASAning reaktiv harakat laboratoriyasi sayti xabar berdi.

"Biz yaqin vaqt ichida so‘nggi tekshiruvlarni yakunlash va uni marsoxod bilan integratsiyalash uchun laboratoriyaga keltirishni mo‘ljallamoqdamiz", — dedi loyiha rahbari Mimi Ong.

2012 yil dekabrda Curiosity marsoxodi Mars ekvatoridagi Geyla krateriga qo‘nib, qurigan ko‘lni o‘rgana boshlaganidan so‘ng NASA 2020 yilda qizil sayyoraga parvoz qiladigan yana bir rover yaratishini ma'lum qilgandi. NASA rejasiga ko‘ra, u 2021 yil fevralda sayyora ekvatoridagi Yyezero krateriga qo‘nadi.

Hozirda yig‘ilishi boshlangan beshinchi marsoxod NASAga kamida 2,1 milliard dollarga tushadi.

Top