Curiosity marsoxodi tonggi va kunduzgi Marsning ko‘rinishi aks etgan kadrlarni uzatdi. Bu haqda Reaktiv harakat laboratoriyasi xabar berdi.
Panoramalar Mars mahalliy vaqti bilan soat 09:20 va 15:40 da olingan, keyin birlashtirilgan. Badiiy maqsadlar uchun dastlab qora va oq tasvirlarga kompyuter algoritmi yordamida rang qo‘shilgan: ko‘k tonggi panoramani, sariq esa kunduzgini bildiradi. Suratlarning pastki o‘ng burchagida Curiosity’ning o‘zi ko‘rinadi - marsoxodning uchta antennasi va radioizotop quvvat manbayi. Curiosity ortidan uning izlari, ulardan keyin esa « Marker-Bend vodiysi» ko‘rinadi, u yerda marsoxod qadimiy ko‘l belgilarini topgan. Bundan ham pastroqda ikkita tepalik bor - «Bolivar» va «Chuqur vodiy», Curiosity ular orasidan o‘tib Paraitepuy dovonini o‘rganib chiqdi.
Curiosity Geyl kraterida joylashgan 5 kilometr balandlikdagi Sharp tog‘i etagiga chiqish vazifasini olgan. Kraterning cheti taxminan 40 kilometr masofada ko‘rinadi. Toza ob-havo tufayli tog‘ krater chetidan tashqarida ham ko‘rinadi, ammo u 87 kilometr uzoqlikda joylashgan.















