Curiosity marsyurari tomonidan 10 yil davomida Marsni örganiş natijasida töplangan ma’lumotlar Qizil sayyorada katta hajmdagi opal konlari borligini aniqlaş imkonini berdi. Kelajakdagi kolonistlar uçun opal zargarlik buyumi sifatida emas, balki kafolatlangan suv manbai sifatida qiziqarli. Bu Marsdagi kelajak bazasi taqdiri uçun muhim kaşfiyot.
Marsda opal konlari borligi 2008 yilda Reconnaissance Orbiter apparati tomonidan aniqlangan edi. Zond Qizil sayyoraning bir qança hududlarida kremniy dioksidi konlari bilan boğliq bölgan katta doğlarni topdi. Kremniy dioksidi gidrati aynan opal bölib, u kremniyga boy jinslarning suv bilan parçalanişi jarayonida hosil böladi. Eritma yoriqlar va böşliqlarga kiradi va qattiqlaşib, millionlab yillar davomida qimmatbaho mineralga aylanadi.

Opal tarkibidagi suv kristallga aylanmaydi, balki mineralni maydalaş va isitiş jarayonida yana suyuqlik holatiga keladi. Curiosity ma’lumotlari tahliliga köra, uzunligi 1 m va çuqurligi 30 sm bölgan konning hajmi 5,7 litrgaça suvni öz içiga olişi mumkin. Marsyurar yönalişi böylab bunday konlar juda köp miqdorda aniqlangan. Bu Marsni kolonizatsiya qiliş rejalari uçun yaxşi yangilik.
Curiosity marsyurari 2012 yilda NASA tomonidan Qizil sayyora yuzasiga qöndirilgan va 10 yil davomida 28 km masofaga yurgan. Uning yordamida Marsning fotosuratlari, geologik tarkibi, atmosferasi haqidagi ilmiy ma’lumotlar Yerga uzatilmoqda.












