8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

08:06 / 07.06.2019 2425

Qarshida To‘qimachilik institutining filialini tashkil etish taklif qilindi

Foto: KUN.UZ

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Qarshi shahrida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Qarshi filialini tashkil etish haqida petitsiya e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyatining yoshlari ilmga chanqoq, o‘qib-o‘rganishga ishtiyoqmand va intiluvchan. Hozirda viloyatda yoshlarning ta'lim olishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratilgan va qo‘shimcha qulayliklarni yaratish ustida chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. 

“Barcha sohalar singari, to‘qimachilik va yengil sanoatni rivojlantirish, bu soha bo‘yicha ham viloyatning nufuzi va obro‘-e'tiborini yanada oshirish viloyat yoshlarining ezgu niyatlaridan biriga aylanib ulgurgan. Shu maqsadda, 2017-2019 yillarda viloyatda yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy korxonalarni tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha manzilli dasturda ko‘plab korxonalarni tashkil etish rejalashtirilgan edi. Dastur doirasida uch mingga yaqin yangi ish o‘rinlarining yaratilishi ko‘zda tutilgan. Bu, o‘z navbatida, oliy ma'lumotli, zarur malakaga ega bo‘lgan zamonaviy kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirishi tabiiy. Mazkur talab va ehtiyojni qondirish maqsadida viloyatimizda to‘qimachilik va yengil sanoat sohasida oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlaydigan ta'lim muassasasini tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Shu munosabat bilan Qarshi shahrida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Qarshi filialini tashkil etish taklif qilingan.

Top