Atomdan tinch maqsadlarda ko‘plab sohalarda foydalansa bo‘ladi - jurnalistlar Yadro fizikasi institutida bo‘lishdi
2019 yil 10 iyunda O‘zbekistonning qator OAV vakillari ishtirokida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi institutiga press-tur tashkil etildi. Unda Institut, undagi SM-Suv-suvli reaktor faoliyati, Institut tarkibidagi «Radiopreparat» korxonasi, bu yerda ishlab chiqarilayotgan preparatlar xususida atroflicha ma'lumot berildi.
O‘zbekiston FA prezidenti, Yadro fizikasi instituti direktori Behzod Yo‘ldoshev ushbu maskan tashkil etilishi, uning ilmiy yutuqlari, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan O‘zbekistonda AES qurilishiga doir keng tushunchalar va izohlar berdi.
Mazkur ilmiy-tadqiqot instituti 1956 yilda tashkil etilgan bo‘lib, yadro fizikasi, qattiq jism va materialshunoslik radiatsiyaviy fizikasi, faollashtirish tahlili va radiokimyo, ilmiy asbobsozlik, axborot texnologiyalari yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.
Bundan tashqari, ma'lum qilinishicha, ayni shu maskanda tibbiyot asboblarini gamma-nurlanish orqali xavfsiz ravishda zararsizlantirish va sterillash kabi ishlar amalga oshiriladi.
«Radiopreparat» korxonasida ishlab chiqiladigan ayrim turdagi izotoplar va radionukleid moddalari tozaligi va sifatliligi bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlarda turadi. Bu korxona dunyoning AQSh, Germaniya, Xitoy, Ukraina kabi 10dan ortiq mamlakatiga sifatli radionukleid preparatlarni yetkazib beradi. U dunyoning shu kabi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yetakchi 20ta korxonasidan biri hisoblanadi.
Shu bilan birga, institut huzuridagi Suv-suvli tadqiqot reaktori, gamma-nurlash qurilmasi, U-150 va U-115 siklotronlari, neytron generatori kabilar atomdan tinch maqsadlarda foydalanish imkoniyatlarini namoyon etadi.
Mazkur press-tur tafsilotlari bilan videolavhamiz orqali batafsilroq tanishishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning Isroilga javobi: Tel-Avivda vayrongarchiliklar, yaralanganlar bor
Jahon | 07:43
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
Mavzuga oid

17:20 / 05.03.2025
Rossiyaning «Atom» elektromobili O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi mumkin

23:48 / 09.02.2021
«Institut ishlab topgan puliga o‘zi uchun uskuna sotib ololmaydi» - Yadro fizikasi instituti direktori

19:10 / 12.06.2019
Video: O‘zbekistondagi ilk atom reaktoriga press-sayohat

18:08 / 22.05.2019