8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

20:14 / 10.06.2019 13988

Tramp agar Si Tszinpin G20 sammitiga kelmasa Xitoyga nisbatan yangi bojlar kiritishini aytdi

Foto: AP Photo /Jacquelyn Martin

AQSh prezidenti Donald Tramp CNBC telekanaliga bergan intervyusida agar XXR raisi Si Tszinpin "yigirmatalik" davlatlari rahbarlari uchrashuviga kelmasa, Xitoy mahsulotlariga nisbatan yangi bojlar joriy etilishini aytdi.

Telekanalning agarda ana shunday holat yuz bersa bojlar kiritilishi mumkinligi haqidagi savoliga Tramp: "Ha, kiritiladi" deb javob berdi. 

Avvalroq Xitoy va AQSh bir necha oy davomida savdo bahslarini tartibga solish bo‘yicha muzokaralar olib borgandi. Bu muzokaralarning oxirgi 10-raundi 9-10 may kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tgan, biroq shundan keyin ular boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. AQSh 200 milliard dollarlik Xitoy mahsulotlariga boj to‘lovini 10%dan 25%gacha oshirdi.

XXR bojxona boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, Xitoy va AQSh o‘rtasidagi tovar almashish hajmi 2019 yilning besh oyi davomida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,58 foizga qisqardi.  

"Katta yigirmatalik" sammiti 29 iyun kuni Osakada bo‘lib o‘tadi. 

Top