8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

08:32 / 15.06.2019 12065

Amerika Kubogi Braziliyaning yirik g‘alabasi bilan boshlandi

Foto: REUTERS

Braziliyada Janubiy Amerikaning eng nufuzli musobaqasi – Kopa Amerika start oldi.

Dastlabki o‘yinda mezbonlar Boliviya bilan bellashib, yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. «Barselona» yarimhimoyachisi Koutino dubl sohibi bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, Amerika Kubogi 7 iyulgacha davom etadi. A guruhida Braziliya va Boliviyadan tashqari Venesuela va Peru milliy jamoalari ham bor.

Amerika Kubogi
A guruhi, 1-tur
Braziliya – Boliviya 3:0 (0:0, 3:0)
15 iyun, «Estadio Cicero Pompeu de Toledo (Morumbi)» 
Gollar: 1:0 – 50, penalti Koutino, 2:0 – 53 Koutino, 3:0 – 85 Everton. 
Braziliya – Alisson, Tiago Silva, Filipe Luis, Dani Alves, Markinos, Koutino, Kazemiro, Risharlison (Villian, 84), Fernandino, Neres (Everton, 81), Firmino (Gabriel Jyezus, 65).
Boliviya – Lampe, Bexarano, Akin, Bexarano, Juzino, Xustiniano, Saavedra (Vaka, 64), Chumasero, Kastro (Vaka, 75), Sausedo (Vayyar, 59), Moreno.
Ogohlantirishlar: Sausedo (20), Koutino (66).

Top