Amerika Kubogi. 1/2 final
Argentina — Kolumbiya — 1:1 (1:0). Penalti — 3:2
Gollar: L.X.Martines, 7 (1:0). Dias, 61 (1:1).
Penaltilar seriyasi: Kuadrado — 0:1. Messi — 1:1. Sançes — 1:1 (darvozabon). de Paul — 1:1 (xato). Mina — 1:1 (darvozabon). Paredes — 2:1. Borxa — 2:2. L.X.Martines — 3:2. Kardona — 3:2 (darvozabon).
Argentina: E.Martines, Otamendi, Talyafiko, Petssela, Molina (Montiel, 46), de Paul, Lo Selso (Paredes, 56), Rodriges, Messi, L.X.Martines, Gonsales (Di Mariya, 67).
Kolumbiya: Ospina, Mina, Sançes, Tesilo (Fabra, 46), Munos, Kuadrado, Kuelyar (Kardona, 46), Barrios, Sapata (Borxa, 60), Borre (Çara, 46), Dias.
Ogohlantirişlar: Lo Selso, 21. Kuadrado, 45. Fabra, 55. Borxa, 63. Montiel, 72. Munos, 75. Kardona, 86. Rodriges, 87. Barrios, 88. Petssela, 90.
Hakam: Valensuela (Venesuela).
7 iyul. Brazilia. Milliy stadioni.

«Hamişa aytib kelaman, individual sovrinlar ikkinçi darajada, biz bu yerga buning uçun kelmaganmiz», — deya qayd etdi yarimfinal öyini arafasida Messi. Leo nihoyat terma jamoa bilan nimadir yutişga qat'iy bel boğlagan, qolaversa, bu safargi Amerika Kubogi — uning orzusini amalga oşiriş uçun sönggi imkon. Aftidan, u «Barselona»da nimalar bölayotganiga e'tibor ham bermayapti, kataloniyaliklar ötgan mavsumni maoşlar vedomostidagi muammo bilan yakunlagan va endi yangi xarid qilingan futbolçilarni röyxatdan ötkaziş uçun xarajatlarni 200 million yevroga qisqartiriş zarurati yuzaga kelgan. U bilan şartnoma yangilanişi uçun kök-anorranglilar Pyaniçni tekinga qöyib yuborişlari va hatto Grizmanni sotişga töğri kelişi mumkin. Luis Suares bilan bölgan voqeadan keyin bunday qarorlar yanada ğalati körinişi tabiiy. Ayniqsa, APLda yomon mavsum ötkazgan va hozirda terma jamoada ham zaxirada qolib ketayotgan Aguero olib kelingan holatda.

Lionel Skaloni tajribali forvardga guruh öyinlarida va pley-offning ilk öyinida imkon berdi, ammo baribir Lautaro Martines nomzodida töxtaldi. «Inter» forvardi Morata uslubida vaziyatlarni yöqqa çiqara boşlagaç, asosiy tarkibdan çiqib qolayotgandi. Ammo bosqiçma-bosqiç avvalgi holatiga qaytdi va qatorasiga uçinçi öyinda gol urdi, çorakfinalda bölgani kabi unga golli uzatmani yana Messi berdi. U jarima maydonida turib Lo Selsoning uzatmasini qabul qildi va bir fint bilan Minani maşğulot manekeniga aylantirib, töpni  darvoza qarşisida zarba berişga tayyor turgan Lautaroga taşlab berdi.