Braziliya milliy jamoasi öz maydonida ötgan Kopa Amerikada yana ğolib çiqdi. Pentakampeonlar finalda Peruni 3:1 hisobida mağlubiyatga uçratdi.
«Marakana»dagi öyinning 15-daqiqasida Everton hisobni oçgaç, 44-daqiqada Gerrero penaltidan muvozanatni tikladi. Ammo birinçi bölimga qöşib berilgan 3-daqiqada Gabriel Jyezus mezbonlarning tanaffusga ustunlik bilan yöl olişini ta'minladi. 90-daqiqadagi Rişarlisonning penaltidan urgan goli yakuniy hisobni örnatdi – 3:1.
Şu tariqa, Braziliya öz maydonida ötgan beşinçi Kopa Amerika musobaqasida ham ğalaba qozondi. Umumiy hisobda, braziliyaliklar 9-marotaba, 2007 yildan buyon esa ilk marta Janubiy Amerika çempioni bölişdi.
Ma'lumot uçun, Kopa Amerikada Urugvay 15, Argentina esa 14 marotaba ğolib çiqqan.
Kopa Amerika – 2019
Final
Braziliya – Peru 3:1 (2:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 15 Everton, 1:1 – 44, penalti Gerrero, 2:1 – 45+3 Gabriel Jyezus, 3:1 – 90, penalti Rişarlison.
Braziliya – Alisson, Dani Alves, Markinos, Tiago Silva, Aleks Sandro, Artur, Kazemiro, Gabriel Jyezus, Koutino (Eder Militao, 77), Everton (Allan, 90), Firmino (Rişarlison, 75).
Peru – Galese, Advinkula, Sambrano, Abram, Trauko, Tapiya (Gonsales, 82), Yotun (Ruidias, 78), Flores, Kueva, Karrilo (Polo, 86), Gerrero.
Ogohlantirişlar: Gabriel Jyezus (30), Tapiya (49), Tiago Silva (53), Sambrano (68), Advinkula (84), Rişarlison (90).
Çetlatiş: Gabriel Jyezus (70).












