8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

23:02 / 15.06.2019 7278

Qirg‘iziston ShHT doirasida o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valutalarda amalga oshirishni taklif qildi

Foto: Sputnik/Grigoriy Sysoyev

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov ShHTga a'zo davlatlar rahbarlari uchrashuvida tashkilotning taraqqiyot bankini tuzish masalasini ko‘tardi.

U mazkur bankni tuzish, xususan o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valutalarga o‘tish bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirishni taklif qildi. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, davlatlar, jumladan, kuzatuvchi davlatlar o‘rtasida transport-logistika aloqalarini yanada chuqurlashtirish muhim ahamiyatga ega.

«Shu bois biz Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihasi tezroq amalga oshirilishi tarafdorimiz», — dedi Sooronbay Jeenbekov.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining o‘n to‘qqizinchi majlisi 13-14 iyun kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tdi.

Sammitda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

O‘zbekiston prezidenti mintaqada savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, transport kommunikatsiyalari, axborot texnologiyalari va xavfsizlik sohalaridagi aloqalarni yanada mustahkamlash kabi masalalar bo‘yicha dolzarb fikrlar bildirdi.

Top