Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV Toshkent shahri va qo‘shni viloyatlarga kirish-chiqish yopilishi haqidagi xabarlarni rad etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda 12 sentabr kuni 24:00 dan boshlab Toshkent shahri va qo‘shni viloyatlarga kirish-chiqish yopilishi haqida xabarlar tarqaldi. IIV bu ma’lumotlar haqiqatdan yiroq ekanini bildirdi.
Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosovning ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videotasvirlarda ShHT sammiti doirasida Samarqand shahrini aylanib o‘tish yo‘llarini tushuntirish ishlari aks etgan.
“ShHT sammitiga doir barcha o‘zgarishlarni davlat idoralarining rasmiy manbalaridan olishingizni so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.
Bundan oldin joriy yil 14-17 sentabr kunlari Samarqand shahriga kirish tranzit o‘tuvchi transport vositalari uchun yopilishi ma’lum qilingandi.
Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, bunda tranzit o‘tuvchi transport vositalari uchun aylanma harakat tashkil etiladi.
Qayd etilishicha, bu Samarqand shahrida ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan amalga oshirilmoqda.
Avvalroq Samarqandga bormoqchi bo‘lgan fuqarolardan tashrifni boshqa muddatga ko‘chirish so‘ralgandi.
Mavzuga oid
11:35
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026