8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

23:07 / 16.06.2019 19681

«PSJ» prezidenti: «Bundan buyon superyulduzlarga toqat qilib o‘tirmayman»

«PSJ» prezidenti Nosir Al-Helayfi klubning yulduz futbolchilaridan toqati toq bo‘lgani, o‘z ishlariga nisbatan munosabatlarini o‘zgartirmagan taqdirda ular bilan xayrlashishga tayyorligini bayon qildi.

«Futbolchilar o‘z majburiyatlarini avvalgidan ham ko‘proq mas'uliyat bilan bajarishlari kerak. Ularning ishga munosabatlari mutlaqo boshqacha bo‘lishi zarur. Ko‘proq intilishsin, ko‘proq mehnat qilishsin.

Ular bu klubga vaqtichog‘lik qilib yurish uchun kelishmagan.

Agar bu fikrga qo‘shilishmasa, eshiklar ochiq. Chao! Men superyulduzlarning o‘zini bunday tutishlariga ortiq toqat qilishni xohlamayman», – degan El-Helayfining so‘zlarini keltirdi France Football.

Ma'lumot uchun, jamoa hujumchisi Neymar intizomsizligi uchun mavsumning ikkinchi yarmida ikki marta, Kilian Mbappe esa bir marta uchta o‘yinlik diskvalifikatsiyaga uchradi. Boz ustiga, braziliyalik futbolchi jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu hafta klubda sport direktori o‘zgardi: Neymar va Mbappeni olib kelgan funksioner Antero Enrike ishdan bo‘shatilib, o‘rniga boshqa braziliyalik Leonardo sport direktori etib tayinlandi.

Top