8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

16:50 / 16.06.2019 31913

Video: Qo‘yliqdagi qurilish bozori yaqinida yong‘in yuz berdi

16 iyun kuni kunduzi Bektemir tumanida Toshkent avtomobil halqa yo‘li yoqasidagi «Ko‘klangi vodiy» (Qo‘yliq) ulgurji bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ham ushbu hodisa bo‘yicha ma'lumot berdi.

Unga ko‘ra, «Davru Davron avto» MChJga tegishli katta yuk mashinalari turargohi hududida 60−70 kv. m maydonda yig‘ilib qolgan bo‘sh yog‘och qutilar va tagliklar yongan.

Yong‘in to‘g‘risidagi xabar 101 raqamiga 13:53 da kelib tushgan. Olov 14:35 da to‘liq o‘chirilgan.

«Soat 14:35da yong‘in to‘liq o‘chirildi. Qurbonlar yo‘q. Jarohatlanganlar bor yoki yo‘qligi haqidagi ma'lumotlar aniqlashtirilmoqda. Yong‘in sababi o‘rganilmoqda», - deyiladi xabarda.

Top