8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

00:06 / 17.06.2019 23492

«Samarqandda birorta ham daraxt kesilmaydi!» - Universitet xiyobonidagi daraxtlar masalasiga aniqlik kiritildi

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov shu kunlarda Samarqand shahri markazida joylashgan universitet xiyobonidagi ko‘p yillik daraxtlarning kesilishi borasidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi.

– Universitet xiyobonidagi birorta ham daraxt kesilmaydi, aksincha, yana qo‘shimcha archa va boshqa manzarali daraxtlar ko‘chatlari o‘tqaziladi. Misol uchun, xiyobonda 2290 ta daraxt bo‘lsa, ular soniga yana shuncha qo‘shiladi. 

Samarqand talabalar soni ko‘pligi bo‘yicha Toshkent shahridan keyingi o‘rinda turadi. Mazkur hudud mazmunan talabalar xiyoboniga aylantiriladi. Talabalar uchun nima kerak? Sport, piyodalar yurish yo‘lagi. Ayni vaqtda xiyobonda ikki xil – plitka terilgan va qumli, chang yo‘lak bor. Ikkinchisida yurib bo‘lmaydi, u ham velosiped uchun yo‘lak qilinadi.  Har-har joyda sport uchun uskunalar o‘rnatiladi, gullar ham yangilanadi. 

Ayni vaqtdagi yashil maydonlar soyada yaxshi rivojlanmagani uchun ular ham almashtiriladi, qaytadan ekib parvarishlanadi. Buning uchun u yerdagi tuproqni ham almashtiramiz.  Tarqalgan gap-so‘zlarga kelsak, odamlar loyihadagi kamchiliklarni ko‘rib shunday xulosaga kelgan bo‘lishi mumkin. Biz bu haqda 19 iyun kuni barcha OAV vakillari uchun rasman ma'lumot e'lon qilamiz, – dedi Rustam Qobilov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

Top