8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

22:22 / 20.06.2019 17983

Tramp Eronga harbiy zarba berilishi ehtimoli haqida: tez kunda hammasini bilib olasizlar

AQSh prezidenti Donald Tramp:" AQSh Eronga zarba berishga tayyorlanmoqdami?", degan savolga tez kunda hammasi ma'lum bo‘lishini aytdi. Bu haqda Reyter agentligi xabar bermoqda.

"Tez orada bilib olasizlar", - deya Trampdan iqtibos keltirdi agentlik.

Bugun Eron islom inqilobi korpusi soqchilari AQShga tegishli razvedka dronini urib tushirganini ma'lum qilgandi. Keyinroq AQSh bu ma'lumotni tasdiqladi. Eron tomoni urib tushirilgan dronning modeli RQ-4 Global Hawk ekanini aniqladi.

Eron AQShga tegishli bo‘lgan bu razvedka droni mamlakatning Ho‘rmuzgoh viloyati havo sarhadlarini buzib o‘tgani bois urib tushirilganini ma'lum qildi. AQSh tomoni esa dron xalqaro havo hududida bo‘lganini aytmoqda.

Ushbu voqeadan so‘ng Donald Tramp «Eron juda katta xato qildi», deb yozdi tvitterdagi sahifasida.

Top