8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

10:40 / 20.06.2019 6914

Yangi Samsung Galaxy Note 10 flagmanining taqdimoti sanasi ma'lum bo‘ldi

Yangilik birdaniga 2 xil talqinda dunyo yuzini ko‘radi.

CNET portali xabar berishicha, Samsung kompaniyasi 7 avgustda Nyu-Yorkning Barklays markazida bo‘lib o‘tadigan Galaxy Note 10 taqdimotiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Bu yilgi anons anchagina qiziq bo‘ladi, chunki unda birdaniga ikki talqindagi yangilik kutilmoqda. Asosiy versiyadagi Note 10 ekrani 6,28-dyuym hajmda bo‘lsa, Note 10 Pro 6,75 dyuymli matritsaga ega.

Pro versiyaning orqa tomonida, shuningdek, surat ravshanligini o‘ta aniq tasvirlovchi ToF-datchigiga ega 4 kamera ham mavjud. Ikki modelning akkumulyator sig‘imi bir xil 4 500 mA·s bo‘lib, 45 Vt kuchlanishga teng juda tez quvvat olish xususiyatiga ega.

Flagmanlar tashqi ko‘rinishi haqidagi qarashlar hali o‘z tasdig‘ini topmagan. Ichki manbalarning tarqatgan mish-mishlariga ishonadigan bo‘lsak, ulardan biri frontal kamera tirqishi uchun moslashtirilgan egri qirrali ekranga ega bo‘ladi.

Top