8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

11:00 / 20.06.2019 20278

Zelenskiy prezident ma'muriyati binosidan ko‘chmasa «aqldan ozishi»ni aytdi 

Foto: Reuters

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy prezident ma'muriyati binosidagi ish sharoitidan shikoyat qildi. Uning aytishicha, agar u boshqa joyga ko‘chib o‘tmasa, “aqldan ozishi” mumkin.  

“Bu yerda qolib bo‘lmaydi, men bu yerda aqldan ozaman”, deb aytgan Zelenskiy.

Prezident ma'muriyatida davlat rahbari uchun yangi bino qidirilayotgani, amaldagisi esa muzeyga aylantirilishi mumkinligi ma'lum qilingan.

“Ha, katta badiiy muzeyga”, deb tasdiqlagan buni Zelenskiy.

Ukraina prezidenti ma'muriyati ayni vaqtda 1939 yilda qurilgandan keyin Kiyev harbiy okrugi shtabi, urushdan keyin esa Ukraina kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi egallagan binoda joylashgan. Ushbu bino 1992 yilda prezident qarorgohiga aylangan.  

Avvalroq Zelenskiy Bank ko‘chasida joylashgan ushbu binoda ishlashni istamayotganini aytgan. Uning aytishicha, prezident ma'muriyati hukumat mavzesida emas, balki ochiq joyda ishlashi lozim. Biroq u qayerga ko‘chib o‘tmoqchiligiga aniqlik kiritmagan.

Top