Volodimir Zelenskiy Amerikaning PBS telekompaniyasiga bergan intervyusida Ukraina qurolli kuçlarida havo hujumidan mudofaa tizimlari uçun raketalar tugab qolgani tufayli rossiyalik harbiylar Kiyev yaqinidagi Tripolskaya issiqlik elektr stansiyasini yöq qilişga muvaffaq bölganini aytdi. Ukrainlar prezidentining sözlariga köra, bu AQŞ Kongressi imkon qadar tez fursatda Kiyevga navbatdagi yordam paketini ma’qullaşi kerakligini körsatuvçi misollardan biridir.

Zelenskiy PBS jurnalisti bilan AQŞ Kongressi spikeri Mayk Jonsonning Kiyevga Amerika yordami böyiça öz rejasini e’lon qilişi ortidan gaplaşdi.

Amerika naşrlari ma’lumotiga köra, Jonson Ukraina, Isroil va Tayvan xavfsizligini moliyalaştiriş töğrisidagi qonunni törtta turli loyihalarga ajratişni taklif qilmoqda. Nufuzli The Hill naşri suhbatdoşlari aytişiça, reja törtta qonun loyihasini bitta protsedura normasi orqali ötkaziş imkoniga ega bölişni nazarda tutadi.

Kongressmenlardan birining sözlariga köra, milliy xavfsizlik bilan boğliq törtinçi qonun loyihasi TikTok ijtimoiy tarmoğini bloklaş, şuningdek rossiyalik oligarxlardan musodara qilingan aktivlarni Ukraina foydasiga sotiş töğrisidagi bandni öz içiga oladi.

AQŞ Senati Ukraina, Isroil va Tayvan uçun jami 95 mlrd dollarlik (şundan 60 mlrd dollar Ukrainaga atalgan) yordam paketni fevral oyidayoq ma’qullagandi.

Ammo Donald Trampning Kongressdagi tarafdorlari va ular tomonidan tayinlangan spiker Jonson bu qonunni qöllaşdan boş tortdi va Ukrainaga yordam ajratilişini Meksika çegarasi orqali amalga oşiriladigan migratsiyani taqiqlaş hamda suyultirilgan gaz eksportini litsenziyalaş evaziga ma’qullaşlarini bildirişdi. Yaqinda ular yana bir şart qöyişgandi — yordamning bir qismini kredit sifatida rasmiylaştirişni.

«Bu şarmandalik». Zelenskiy Kongressdagi bahslar haqida

Ötgan yil dekabridan buyon Amerikadan Ukrainaga muntazam yordam yetkazib berilmayapti. Mart oyida Pentagon Ukraina qurolli kuçlariga 300 mln dollarlik kiçik paket jönatgan (bu yordam oldingi şartnomalarni bajariş çoğida tejalgan mablağlar hisobidan şakllantirilgan), ammo amerikalik rasmiylar ham, ukrainalik rasmiylar ham bu yetarli emasligini aytişgan.