Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQŞ Kongressiga Kiyevga köp milliard dollarlik yangi yordam paketi haqidagi qarori uçun minnatdorçilik bildirdi. «Bu yordam Ukrainani mustahkamlaydi va Kremlga u ikkinçi Afğonistonga aylanmasligi haqida kuçli signal beradi», dedi Ukraina davlat rahbari 21 aprel, yakşanba kuni Amerikaning NBC News telekanalida.
Şunday qilib, Qöşma Ştatlar Ukrainani qöllab-quvvatlaydi, uning fuqarolari va butun dunyoda demokratiyani himoya qiladi, dedi u. «Biz haqiqatan ham buni (Kiyevga yangi yordamni tasdiqlaşni) oxirigaça yetkazişimiz kerak, - dedi Zelenskiy. - Iloji boriça tezroq frontdagi askarlar uçun zarur yordamni olişni istaymiz, olti oy içida emas».
Ukraina prezidentining sözlariga köra, AQŞ yangi yordam paketini ma’qullaganidan söng Ukraina jang maydonidagi vaziyatni barqarorlaştiriş va taşabbusni qölga oliş imkoniyatiga ega böladi, çunki Ukraina Qurolli kuçlari yangi qurollarga muhtoj. «Menimça, bu yordam qurolli kuçlarni çindan ham kuçaytiradi va agar Ukraina haqiqatan ham bizga juda zarur bölgan qurol tizimini olsa, ğalaba qozoniş imkoniyatiga ega bölamiz», dedi u.
Vakillar palatasida Ukrainaga yangi yordamni ma’qullaş
Bir kun avval respublikaçilar hukmronlik qiladigan AQŞ Kongressining Vakillar palatasi bir neça oylik qarama-qarşiliklardan söng Ukrainaga qariyb 61 milliard dollar miqdoridagi keng kölamli yordam paketini ma’qulladi. Qonun loyihasini yoqlab 311 kongressmen ovoz berdi, 112 kişi qarşi çiqdi.
Quyi palata ma’qullaganidan keyin qonun loyihasi Senat tomonidan tasdiqlanişi kerak. Ovoz beriş 23 aprelga belgilangan. Kongressning demokratlar köpçilikni taşkil etuvçi yuqori palatasi Ukrainaga qariyb 61 milliard dollarlik yordam paketini qöllab-quvvatlaşi kutilmoqda. AQŞ prezidenti Jo Bayden bu hujjatni darhol imzolaşini allaqaçon aytgan.
AQŞ qonun çiqaruvçi organida demokratlar va respublikaçilar örtasida Ukrainaga keyingi yordam masalasida qarama-qarşilik 2023 yil oxiridan beri davom etmoqda. AQŞ ma’muriyati qöşimça yordamni ma’qullaşga urinmoqda va Mudofaa vazirligi AQŞning doimiy yordamisiz Kiyev öz resurslari bilan qaysi şaharlarni uşlab qolişini tanlaşga majbur bölişi haqida ogohlantirmoqda. Fevral oyida Senat Ukraina, Isroil va Tayvanga yordam körsatiş töğrisidagi qonun loyihasini ma’qullagan, biroq quyi palatada hujjat bloklangan edi. Aprel oyida Ukraina, Isroil va Tayvanga yordam dasturlari, şuningdek, milliy xavfsizlikni mustahkamlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar alohida qonun loyihalariga ajratildi.













