8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

12:30 / 21.06.2019 65105

Samarqandlik «Umarboy» qancha pulni talon-toroj qilgani ma'lum bo‘ldi

Samarqand viloyat hokimligida huquqni muhofaza qilish organlari viloyat bo‘limlari rahbariyati va sud raislari ishtirokida OAV xodimlari uchun matbuot anjumani o‘tkazilmoqda. Unda viloyat miqyosidagi ko‘plab muammoli holatlarga oydinlik kiritildi.

Samarqand viloyat prokurori o‘rinbosari Sirojiddin Usmonov

Samarqand viloyat prokurori o‘rinbosari Sirojiddin Usmonov xalq orasida «Umarboy» deb tanilgan Olim Rajabov fuqarolarga qancha miqdorda zarar yetkazgani haqida gapirdi. Prokuratura mulozimining aytishicha, Olim Rajabov «Afrosiyob Xosiyat Begim Makoni» nomli MChJ ochgan va Samarqand shahrining qator yerlarida ko‘p qavatli uylar qurgan.

Ma'lum bo‘lishicha, Dahbed va Mironshoh ko‘chalarida ko‘p qavatli uylar qurgan Olim Rajabov fuqarolardan 50 milliard 578 million so‘m miqdorida mablag‘ni talon-toroj qilgan (ya'ni shuncha miqdorda noqonuniy qurilgan uylarni sotgan). MIB tomonidan Olim Rajabovga tegishli 20 milliard 600 million so‘mlik mol-mulk musodara qilingan.

Top