8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

19:40 / 21.06.2019 2329

ShHTning Markaziy Osiyo barqarorligidagi o‘rni qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov maxsus brifingda OAV vakillariga ShHTning mintaqa tinchligidagi ahamiyati haqida ma'lumotlar berdi.

– Ko‘pchiligimiz tinchligimizni, osmonimiz musaffoligini e'tirof etamiz. Ammo bu qanchalik mehnat evaziga erishilayotganini o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Yonginamizda, bizga bevosita qo‘shni bo‘lgan davlat — Afg‘onistonda bir necha o‘n yillardan buyon harbiy harakatlar davom etmoqda. Bir hududda notinchlik kuzatilsa, qurollar ishga tushirilsa, taraqqiyot o‘nlab yilga orqaga ketishi, keyingi besh yil ichida urushlar qaytalanish ehtimoli yuqoriligi isbotini topgan. Tinchlikni yo‘qotish juda oson, ammo tiklash juda mashaqqat. Afg‘onistonda hozir har kuni tinch aholi vakillari nobud bo‘lmoqda, 3,7 mln bola maktabga bormaydi, ularning 60 foizi qizlardir.

Ana shunday muhim masalalar yechimida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti kabi yirik tashkilotning o‘rni juda katta. Mana oddiy misol – terrorizmga qarshi hamkorlikdagi loyihalarimiz natijasida terroristik tashkilotlarga oid ma'lumotlarning umumiy banki shakllantirildi. Soha mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha qator tadbirlar tashkillashtirildi. Natija ham salmoqli – ShHT kotibiyati ma'lumotlariga ko‘ra so‘nggi to‘rt yil ichida 600dan ortiq terroristik harakatlar oldi olindi. Terrorchilarning 500dan ko‘proq bazalari yo‘q qilindi, 2000 nafardan ortiq vakillari qo‘lga olindi — deya ta'kidladi E. Aripov.

Top