Biz 2030 yilda qanday Markaziy Osiyoni körişni xohlaymiz, degan savol nihoyatda muhim. Bu masala böyiça yondaşuvlarimizni kelişib olmasak, biz oldinga siljiy olmaymiz, deydi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori. Siyosatşunosning fikriça, Markaziy Osiyoning ideal modeli bu — içki nizolar va qarama-qarşiliklardan xoli, umumiy manfaatlar va ustuvorliklar bilan birlaştirilgan, hamma uçun umumiy qadriyatlar va an’analarga asoslangan mustahkam va yaxlit mintaqa.

«Biz intilişimiz kerak bölgan asosiy narsa mintaqaviy hamkorlik jarayonlarini, jumladan, çegara masalalarini hal etişda hamon tösqinlik qilayotgan mavjud fundamental kelişmovçiliklarni bartaraf etişdir. Çegaralar bizni ajratişi emas, birlaştirişi kerak.

Özbekiston Prezidenti «Çegaralarimiz doimo döstlik va yaxşi qöşniçilik hududi bölgan va şunday bölib qoladi», deb bir neça bor ta’kidlagan. Şuning uçun barça kelişmovçiliklarga qaramay, özaro maqbul murosaga erişiş muhimdir. Bu nafaqat bir-biri bilan çegaradoş aniq ikki davlat, balki butun mintaqa uçun muhim», – deydi Aripov.

Ideal modelning ikkinçi elementi öz ixtiyorida muloqot va hamkorlik uçun barça zarur platforma va mexanizmlarga ega bölgan Markaziy Osiyo bölişi kerak.

«Agar barçani qiziqtirgan aniq sohalarda – iqtisodiyot va savdodan tortib, ta’lim va madaniyatgaça bölgan özaro hamkorlik mexanizmlari işlamasa, mintaqaviy hamkorlik töliq işlamaydi».

Markaziy Osiyoning 2030 yildagi ideal modelining uçinçi elementi – bu aslida asosiy, tayanç tuzilmaga aylanişi kerak bölgan mintaqaviy öziga xoslik sifatida körilmoqda.

«Prezident Şavkat Mirziyoyev Çölpon-Ota şahrida bölib ötgan mintaqa davlatlari rahbarlarining IV Maslahat uçraşuvida «Madaniyat, ta’lim, sport va turizm sohasida hamkorlik dasturlarini amalga oşiriş böyiça işlarni kuçaytiriş, şuningdek, umumiy tariximizni çuqur örganiş»ni taklif qildi.

Bizning maqsadimiz nafaqat umumiy manfaatlarga, balki barça umumiy qadriyatlar va an’analarga asoslangan barqaror va köp bosqiçli aloqalar modelini yaratiş bölişi kerak.

Har birimiz özimizni nafaqat öz yurtining, balki butun mintaqamizning vakili sifatida his qilişimiz, umumiy madaniy-tarixiy merosimiz bilan faxrlanişimiz kerak», – deydi SMTI direktori Eldor Aripov.