12:30 / 22.06.2019
34480
Smartfon sababli odamlar gardani o‘zgarayotgani ma'lum qilindi 
Foto: Getty Images

Avstraliyalik olimlar yoshlarning bosh miya chanog‘ida smartfonlarni ko‘p qo‘llashlari natijasida suyaksimon o‘simta shakllanayotganini aniqlashdi. 

Olimlarning ta'kidlashicha, shoxsimon o‘simtalar gardanda rivojlanmoqda. Bu esa yuklamaning umurtqadan bosh mushaklariga ko‘chayotgani hamda bo‘g‘im va paylarda suyak o‘sishiga olib keluvchi oldinga egilishlar oqibatida yuz bermoqda. Natijada esa odamlarda bo‘yinning shundoq yuqorisida kichik bo‘rtma paydo bo‘lmoqda.

Foto: Scientific Repors

Mutaxassislarning fikricha, buni organizmning zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashga fiziologik moslashuvining ilk isboti deb hisoblash mumkin.

Top