9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

18:20 / 23.06.2019 5400

Hindistonda chodir qulashi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi 

Foto: India Today

Hindistonning Rajaston shtatida chodir qulashi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi, 24 kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar oldi. Bu haqda India Today nashri xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, voqea Barmer okrugida ommaviy tadbir vaqtida yuz bergan. 

Guvohlarning ta'kidlashicha, hududni qamrab olgan hamda kuchli shamol va yomg‘irlar bilan kechgan qum bo‘roni chodir karkasi qulashiga olib kelgan. Buning natijasida ko‘pchilik odamlar chodirning turli qismlari ostida qolgan.

Barcha jabrlanuvchilar yaqin oradagi shifoxonalarga yetkazilib, ularga tegishli yordam ko‘rsatilgan.

Politsiya voqea yuzasidan tergov boshlagan.

Top