8578.36 USD +3.62

9628.35 EUR -119.41

134.52 RUB -1.31

10742.7 GBP -141.24

14:30 / 24.06.2019 10175

Bill Geyts Microsoft’ning eng katta xatosi nima bo‘lganligini aytdi

Foto: Kamil Zihnooglu / EPA/TASS

Microsoft asoschisi Bill Geyts Google’ga Android operatsion tizimiga ega bo‘lishga imkon berish kompaniyaning eng katta xatosi bo‘lganini aytdi, deb yozadi The Independent.

«Eng katta xatoim – Microsoft’ni Android kabi bo‘lolmaslikka olib kelgan mening no‘noq rahbarligim. Android hozirda universal platforma hisoblanadi», dedi Geyts.

Geytsning aytishicha, iOS tizimining muqobilini yarata olganida Microsoft «g‘olibga aylanishi mumkin edi». 

Geyts Microsoft hali ham kuchli kompaniya ekanligini, agarda o‘sha xatoga yo‘l qo‘ymaganida «yetakchi» kompaniya bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Google Android’ni 2005 yilda 50 mln dollarga olgan.

Top