8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

08:38 / 25.06.2019 15269

Kopa Amerika. Yaponiya guruhda qoldi, pley-offning barcha juftliklari ma'lum

Braziliyada o‘tayotgan Amerika Kubogi musobaqasining guruh bosqichi yakunlandi.

«C» guruhida Urugvay Chilini yengib (1:0), 7 ochko bilan birinchi o‘rinni oldi. Chili esa 6 ochko bilan kvartetda ikkinchi bo‘ldi.

Yaponiya va Ekvador milliy jamoalari esa durang qayd etib (1:1), mos ravishda uchinchi va to‘rtinchi pog‘onalarni band etishdi. Bu o‘yindagi g‘alaba ikkala jamoaga ham pley-off eshiklarini ochgan bo‘lardi, ammo durangdan so‘ng yaponlar ham, ekvadorliklar ham turnirni tark etadigan bo‘ldi.

Chorak final juftliklari quyidagicha ko‘rinish oldi.

28 iyun, 05:30. Braziliya — Paragvay
29 iyun, 00:00. Venesuela — Argentina
29 iyun, 04:00. Kolumbiya — Chili
30 iyun, 00:00. Urugvay — Peru

Kopa Amerika
«C» guruhi, 3-tur
Chili – Urugvay 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 – 82 Kavani.
Chili – Aryas, Medel (Lixnovski, 55), Xara (Kastilo, 90), Maripan, Pulgar, Dias, Opaso, Arangis, Ernandes, Vargas (Fernandes, 77), Sanches
.Urugvay – Muslera, Gonsales, Ximenes, Godin, Kaseres, Valverde (Koates, 90), Bentankur, de Arraskaeta (Rodriges, 76), Lodeyro (Nandes, 46), Kavani, Suares.
Ogohlantirishlar: Gonsales (70).

Ekvador – Yaponiya 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 15 Nakadzima, 1:1 – 35 Mena.
Ekvador – Dominges, Velasko, Mina, Arboleda, Ramires, Grueso, Mena (Chikaysa, 74), Orexuela, Mendes (Presiado, 46), Ibarra (Valensiya, 83), Valensiya.
Yaponiya – Kavasima, Ivata, Ueda, Tomiyasu, Sugioka, Miyesi (Abe, 82), Sibasaki, Itakura (Maeda, 88), Nakadzima, Kubo, Okadzaki (Ueda, 66).
Ogohlantirishlar: Tomiyasu (31), Arboleda (72), Valensiya (83), Chikaysa (89).

Top