Amerika Kubogi. 1/4 final
Argentina — Ekvador — 3:0 (1:0)
Gollar: de Paul, 40 (1:0). L.X.Martines, 84 (2:0). Messi, 90+3 (3:0).
Argentina: E.Martines, Otamendi, Petssela, Akunya, Molina, Paredes (Di Mariya, 71), de Paul, Lo Selso (Rodriges, 71), Messi, L.X.Martines (Aguero, 90+4), Gonsales (Talyafiko, 83).
Ekvador: Galindes, Arboleda, Estupinyan, Presiado, D.Palasios (Plata, 46), Xinkape, Grueso (Estrada, 46), Franko (Kaysedo, 70), Mendes, Mena (Kampana, 83), Valensiya.
Ogohlantirişlar: Presiado, 20. Franko, 31. Estupinyan, 44. Otamendi, 45+4. Gonsales, 66.
Çetlatiş: Xinkape, 90+2.
Hakam: Pereyra Sampayyu (Braziliya).
4 iyul. Goyaniya. «Olimpiko» stadioni.

Katta maoşga çegara muammosi
Amerika Kubogi çorak finalida Messi faoliyatida ilk bor rasmiy öyinda erkin agent maqomida iştirok etdi. Şu bilan birga, öyindan oldingi maşğulotlar çoğida Leo butunlay xotirjam va ğamsiz ekanini namoyiş etdi, çunki çindan ham uning kelajagi noma'lum emas va bu mavzu matbuotda yozilayotgani kabi dolzarb ham emas. «Barselona» rahbariyati va uning asosiy yulduzi şartnomani yangilaş böyiça hamfikr, hozirda klub şu mavzuni yopiş ustida iş olib bormoqda.

«Bizda moliyaviy fair play böyiça muammo mavjud, biz ikki tomonni ham qanoatlantiruvçi yeçim topiş jarayonidamiz», — dedi kök-anorranglilar prezidenti Joan Laporta yana bir bor Superliga şu kabi barça muammolarni hal qilişiga urğu qaratib. Ayni vaqtdagi eng katta tösiq — Ispaniyada maoşlar miqdoriga çegara belgilanganidir. Bir yil muqaddam kataloniyaliklar maoşlar vedomostini 671 million yevrodan (dunyodagi eng yirigi) 348 million yevrogaça tuşirişga majbur bölgandi, ammo hozirda nafaqat Messi uçun, balki boşqa yangi futbolçilar uçun ham joy böşatiş zarurati yuzaga kelgan.

Hozirça Erik Garsiya, Depay, Emerson va Agueroning şartnomalari La ligada röyxatdan ötkazilmagan. Liga prezidenti Haviyer Tebas şunday demoqda: «Biz Messi uçun yoki Holand uçun qoidalar alohida qoidalar qabul qila olmaymiz. Umumiy qoidalar qanday bölsa şunday, menejyerlar bu haqda juda yaxşi bilişadi. «Barsa» maoşlar fondini qisqartiriş harakatida, ular töğri yöldan borişmoqda».

Ayni vaqtda kök-anorranglilar «Nitssa»ga 8,5 million yevro evaziga Todiboni sotişdi. Amerikalik iqtidor egasi Konrad de la Fuentening «Marsel»ga transferi uç million yevro keltirdi, Fransişku Trinkau bir yilga «Vulverhempton»ga ijaraga berildi, agar Xunior Firponing «Lids»ga transferi amalga oşsa, klub ğaznasiga yana 15 million kelib tuşadi. Bundan taşqari, «Barsa» Mateus Fernandes bilan şartnomani bekor qilgan, Filippe Koutino, Pyaniç, Umtiti va Breytueyt sotuvga qöyilişi kutilmoqda. Pyaniçga ayni paytda «Yuventus» va «Inter» da'vogar bölib turibdi, Umtitining xizmatlariga esa sobiq klubi «Lion» va «Marsel» qiziqiş bildiryapti, Breytueytni «Valensiya» öz safida körişni istamoqda.