Kopa Amerika: Messida dubl va mutlaq rekord. Argentina Braziliya bilan finalgaça töqnaşmaydi
|23:33 / 29.06.202116 51210 min
Amerika Kubogi mezbonlari guruh turnirini Ekvadorga qarşi durang bilan yakunladi.
Amerika Kubogi. V guruhi Braziliya — Ekvador — 1:1 (1:0) Gollar: Eder Militau, 37 (1:0). Mena, 53 (1:1).
Braziliya: Alisson, Markinos, Eder Militao, Emerson, Lodi (Danilo, 49), Fabino, Duglas Luis (Kazemiro, 64), Lukas Paketa (Everton Ribeyru, 78), Roberto Firmino (Vinisius Junior, 63), Gabriel Barboza, Everton (Rişarlison, 78).
Ekvador: Galindes, Arboleda, Estupinyan, Anx.Presiado (Pineyda, 84), Palasios (Plata, 72), Xinkape, Ayr.Presiado, Franko, Mendes, Moy.Kaysedo (Mena, 17), Valensiya.
Ogohlantiriş: Estupinyan, 83.
27 iyun. Goyaniya. Olimpiko» stadioni.
Guruhda birinçi örinni kafolatlab bölgan Braziliya uçun turnir nuqtayi nazaridan ahamiyatsiz bölsa-da, bu brazillar uçun tarixiy voqea edi. Pentakampeonlar milliy terma jamoa darajasida 1000-rasmiy öyinni ötkazişdi. Va bu öyin Neymarning iştirokisiz keçdi, u zaxira örindiğida qoldirildi. Ötgan safar jarohatlangan yulduzsiz ham Amerika Kubogini qölga kiritgan Tite, birinçidan «önlik» futbolçisiga pley-offdan oldin dam berdi. JÇ-2022 saralaşida ham öynagan Neymar va 20 kun içida beş öyinda töliq harakat qilgan yana bir neça yetakçilar hordiq çiqariş imkoniga ega bölişdi.
Ikkinçidan, murabbiylar ştabi eksperimentlarni davom ettirişga qaror qilişdi. Ulardan eng közga taşlangani «Barselona»ga qaytgan Emerson öng qanot himoyasidan örin olgani, tayanç yarimhimoyasida Duglas Luiz — Fabino juftligi, Roberto Firmino hujum markazida va Everton çap qanot hujumida öynagani böldi. Ikki yil muqaddam Neymar yöqligida u bu pozitsiyada ajoyib öyinlar körsatgandi. Oçko suv va havodek zarur bölgan ekvadorliklar ilk daqiqalardan oldinga taşlanişdi va Alisson darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratişdi.
Ammo Moyses Kaysedo jarohat olib safdan çiqqaç, öyin ekvadorliklar darvozasi oldida keça boşladi. Brazillar jon-jahdi bilan öynamagan bölsa-da, jamoa bajargan iş hajmi öyinda töliq ustunlik qiliş uçun yetarli böldi. Bundan taşqari, pley-off arafasida standart vaziyatlardan foydalanişdagi muvaffaqiyat Titeni xursand qilmay qolmasdi. Ötgan turda ham burçak zarbasi ğalabani ta'minlagandi. Bu safargi öyinda Everton jarima zarbasidan keyin töpni Eder Militaoning boşiga qöndirib qöydi va Eder «Real»dagi jamoadoşi Serxio Ramos uslubida darvozaning uzoq burçagini aniq nişonga oldi.
Mavzuga oid
Öyinda Braziliya uçun yoqimsiz holatlar ham röy berdi. Ikkinçi bölimda Renan Lodi jarohat olib, Daniloning dam olişiga qöymadi - «Atletiko» himoyaçisining jarohati jiddiy bölib çiqdi. U maydonni közda yoş bilan qiynalib tark etdi, uning holati qançadir vaqt davomida jamoaga ham ta'sir qildi va bundan raqib foydalanib qoldi. Burçak zarbasi ijro etilgan vaqtda brazillar töpni uzoqlaştira olişmadi va Valensiya himoyaçilar ortida oçilgan Menaga boş bilan töpni taşlab berdi, unga esa Markinos ham, Alisson ham xalal bera olmadi.
Bu yagona epizod emasdi. Goldan ilhomlangan mehmonlar brazillarni jarima maydoniga qamab qöydi, Tite Kazemironi öyinga taşlaş orqali tayanç zonasini mustahkamlaşga majbur böldi. Bu vaqtga kelib toliqib qolgan Firmino örnini Vinisius Junior egalladi. Ammo yoş forvard xuddi «Real»da bölgani kabi yaqqol golli vaziyatni yöqqa çiqardi, Lukas Paketaning ajoyib pasi golga aylanmay qoldi.
Yakundagi durang heç kimni xafa qilmadi. Braziliya birinçi örinda qoldi va çorak finalda keyingi guruhning eng kuçsiz jamoasiga qarşi öynaydigan böldi, Ekvador guruh jadvalida koronavirusdan jabrlangan Venesuelani ortda qoldirdi va pley-offda Argentinaga raqib böladigan böldi.
Peruliklar ikkinçi öringa kötariliş orqali pley-offda kuçli raqibdan qoçişdi - agar ular uçinçi örinda qolişganida A guruhda ikkinçi örinni egallaydigan Urugvay bilan töqnaşgan bölardi.
Argentinaliklar Amerika Kubogida guruh bosqiçini işonçli ğalaba bilan yakunladi
Oldindan birinçi örinni naqd qilib qöygan brazillar sönggi turda qator yetakçilariga dam bergan bölsa, Messi xotirjam böla olmasdi. Hatto öyinda oldin heç qanday motivatsiyasi qolmagan, pley-offga çiqiş imkonini yöqotgan Boliviyaga qarşi öyinda Leo terma jamoadagi rekord qayd etiş (148-öyin) va jamoa guruhni birinçi örinda yakunlaşi uçun maydonga tuşişi kerak edi. Ikkinçi örin Kolumbiyani raqib qilardi - bu jamoa yaqinda JÇ-2022 saralaşida Lionel Skaloni şogirdlariga ikki gol urgandi (2:2). Boşqa tomondan Braziliya bilan tengma-teng öyin körsatgan Ekvador ham sovğa emas.
Argentina uçun ikkinçi raqamli vazifa markaziy forvard kim bölişini aniqlab oliş edi. Dastlabki ikki turda kutilmaganda Lautaro Martines muvaffaqiyatsiz öynadi, uçinçi turda esa Aguero «Mançester Siti»dagi sönggi mavsumidagi kabi körindi. Ya'ni jamoaga samara keltira olmadi. Ammo Skaloni yana Kunga işonç bildirdi, u esa öyinning ilk daqiqalarida bir neça metr masofada turib boliviyaliklar safida bu turnirda yorqin öyin namoyiş etgan darvozabon Lampega gol ura olmadi.
Ammo Lampe uzoq vaqt öz darvozasi daxlsizligini saqlab tura olmadi, beş daqiqa ötib Messi dohiyona pas bilan töpni himoyaçilar ortiga taşlab berdi va Papu Gomes töpni töxtatmay zarba berdi - töp avval darvoza tösiniga tegib törga tuşdi. 2017 yil oktyabridan buyon terma jamoa uçun bir öyinda bittadan ortiq gol urmagan Leo uçun bu öyin benefisga aylandi, dastlab penaltini aniq amalga oşirdi, keyin Kunning uzatmasini paraşyut uslubida darvozabon ustidan oşirib yönaltirdi.
Golli pasidan keyin Aguero örnini Lautaro Martinesga böşatib berdi, Martines esa töpga birinçi teginişidayoq töpni darvozaga joyladi. «Inter» forvardi yana gollar urişi mumkin edi, ammo Lampe uni bir neça bor töxtatdi, yana bir gol esa ofsayd tufayli bekor qilindi.
Nima bölganda ham 17 öyindan iborat mağlubiyatsiz seriya qayd etayotgan Skaloni uçun kimni markaziy hujumçi qilib tanlaş borasida muammo oçiq qolmoqda. Yana bir muhim jihati — guruh ğoliblari bölgan Argentina va Braziliya — endi faqat finalda özaro töqnaşişi mumkin.
Bu guruhda keyingi bosqiçda Peruga tuşiş uçun uçinçi örinni egallaş ma'qulroq edi. Ammo paragvayliklar xursand bölişga şoşilmasliklari kerak — ular birinçi bölimdayo asosiy yulduzlari Almirondan ayrilişdi. Urugvay ğalaba qozonib, törtinçi örindan ikkinçi öringa kötarildi va Braziliyadan qutildi, ammo Kolumbiyaga qarşi öyinda ham jamoani favorit deb bölmaydi. Oskar Tabares bu öyinda aql bilan öyin vaqtini Suares va Kavaniga teng taqsimladi, şuningdek, pley-offda samarali qurolga aylanişi mumkin bölgan 4-3-2-1 sxemasini sinab kördi.