8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

14:40 / 25.06.2019 9280

«O‘zbekiston temir yo‘llari» Arisdagi portlash munosabati bilan ayrim yo‘nalishlarda poyezdlar harakatini vaqtincha to‘xtatdi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AK matbuot xizmati Qozog‘istonning Aris shahridagi harbiy qismda yuz bergan portlash munosabati ayrim poyezdlar harakatlanishi vaqtincha to‘xtatilganini ma'lum qildi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari»ning bayonotida aytilishicha, «Qazaqstan temir joli» milliy kompaniyasi AJ tomonidan harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida ayrim yo‘lovchi poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

Quyidagi yo‘lovchi poyezdlarining Aris stansiyasi orqali harakati qayta ishga tushishiga qadar vaqtincha to‘xtatiladi:

№5/6   Toshkent – Moskva

№149/150  Andijon – Moskva

№315/316  Toshkent – Qozon

№369/370  Toshkent – Novosibirsk

№381/382  Toshkent – Ufa

№365/366  Toshkent – Chelyabinsk

№321/322  Olmaota – Nukus

№2/1  Olmaota – Toshkent

«Mazkur yo‘nalishlar uchun chiptalarni sotib olgan yo‘lovchilar temir yo‘l kassalariga yo‘l hujjatlari (chiptalari)ni taqdim etgan holda ularga chiptalarning qiymati to‘laligicha qaytariladi», — deyiladi xabarda.

Top