Mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlar va aviaqatnovlar ham to‘xtatilmoqda
Transport vazirligi 13 iyuldan mahalliy yo‘nalishdagi poyezd va aviaqatnovlar ham to‘xtatilishini ma'lum qildi. Kuchaytirilgan karantin davrida faqatgina maxsus komissiya tasdiqlagan parvozlar jadvaliga muvofiq xorijdagi vatandoshlarni olib kelish uchun reyslar amalga oshiriladi.
Transport vazirligi matbuot xizmati rahbari Navro‘z Ashirmatov AOKAda o‘tkazilgan brifingda yangi karantin cheklovlari davrida jamaot transportlari harakati to‘g‘risida ma'lumot berdi.
«Bugundan, 10 iyuldan barcha jamoat transporti harakati to‘xtatildi. Bu cheklov avtobuslarga ham tegishlidir.
13 iyul, dushanba kunidan boshlab esa mahalliy yo‘nalishdagi poyezdlar va aviaqatnovlar harakati ham to‘xtatiladi. Kuchaytirilgan karantin davrida faqatgina maxsus komissiya tasdiqlagan parvozlar jadvaliga muvofiq xorijdagi vatandoshlarni olib kelish uchun reyslar amalga oshiriladi. Chegara hududlardagi fuqarolarni karantin hududlariga yetkazish uchun avtobus tashuvlari amalga oshirilishiga ruxsat beriladi», dedi u.
Uning ta'kidlashicha, cheklovlar davrida karantin muddatini o‘tab bo‘lgan fuqarolarni reabilitatsion markazlarga va yashash manzillariga yetkazish temiryo‘l va avtobus orqali markazlashgan holda tashkil etiladi.
«10 iyuldan 1 avgustgacha bo‘lgan muddatda 5 900ta chipta yo‘lovchilarga sotilgan. Karantin cheklovlari kuchaytirilib, poyezdlar harakati to‘xtagani tufayli barcha chiptalar yo‘lovchilarga to‘liq qaytariladi.
«Uzbekistan Airways» AJ tomonidan esa Toshkent-Nukus, Toshkent-Urganch, Toshkent-Termiz yo‘nalishida amalga oshirilgan parvozlarga esa 330ta aviachipta sotilgan. Bu aviachiptalarning amal qilish muddati 1 yil davomida saqlanib qoladi. Vaziyat barqarorlashishi bilan yo‘lovchilar bu chiptalardan foydalanishi mumkin», dedi Transport vazirligi vakili.
- Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston temir yo‘llari» 23 mart kuni respublika bo‘ylab yo‘lovchi tashish faoliyatini to‘xtatgandi.
- 18 may kunidan Toshkent shahridan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga «Afrosiyob» tezyurar poyezdi hamda Farg‘ona vodiysiga temir yo‘l qatnovi (borish va qaytish) qayta yo‘lga qo‘yildi.
- 15 iyundan «sariq» va «yashil» hududlari o‘rtasida poyezdlar qatnovi qayta tiklandi, Toshkentdan Samarqandga «Afrosiyob» poyezdi qatnay boshladi.
- Uzbekistan Airways ham 23 martdan mamlakat ichidagi barcha aviaqatnovlarni bekor qilgan, may oyida parvozlar tiklangandi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00
-
Dunyodagi eng yaxshi aviakompaniyalar reytingi tuzildi
Jahon | 21:13
-
Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo - Xitoy» ikkinchi sammitida ishtirok etdi
O‘zbekiston | 20:36
-
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00
Mavzuga oid

22:20 / 13.06.2025
Andijonda temiryo‘l sisternasiga chiqqan erkakni tok urdi

10:03 / 12.06.2025
Endi hamma faqat o‘z hududida taksichilik qiladi, bu rasman tasdiqlandi

21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin

16:21 / 16.05.2025