8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

20:00 / 27.06.2019 25617

Kun.uz bosh muharriri «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Kun.uz bosh muharriri Umid Xatamovich Shermuhamedov «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.

27 iyun kuni Toshkentda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan marosimda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov davlat mukofotlarini egalariga topshirdi.

Bugun yana uchta internet nashr bosh muharrirlariga davlat mukofotlari topshirildi - Gazeta.uz sayti bosh muharriri Azamat Atajanov «Do‘stlik» ordeni bilan, UzNews.uz sayti bosh muharriri Bekzod Dilshadovich Yusupov «Kelajak bunyodkori» medali bilan, Xabar.uz sayti bosh muharriri Abdug‘ani Abdurasulovich Abdurahmonov esa «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.

Davletov.uz telegram-kanali administratori Qobil Urolovich Xidirovga «Shuhrat», Xushnudbek.uz telegram kanali administratori Xushnud G‘ayratovich Xudayberdiyevga esa «Kelajak bunyodkori» medali berildi. Qayd etish kerakki, bu ikki bloger O‘zbekistonda davlat mukofoti bilan taqdirlangan ilk blogerlar bo‘lishdi.

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida 

Mamlakatimizda demokratik tamoyillar, so‘z va matbuot erkinligini rivojlantirish, xalqimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlash, aholiga xolis va haqqoniy axborot yetkazish, jamiyat va davlat idoralari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, yangilanish va innovatsiya jarayonlarini keng yoritish, yosh avlodni ona Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin:

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» 

1. Pardabayeva Xalida Eshankulovna - «Sirdaryo haqiqati» gazetasi ma'naviyat bo‘limi mudiri, Sirdaryo viloyati 

2. Yunusov Temurmalik - Badiiy so‘z ustasi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi»

3. Otamurotov Ikrom Islomovich - «Sharq yulduzi» jurnali bo‘lim mudiri

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

4. Sadinov Maxmud Xalikulovich - «Ma'rifat» gazetasi bo‘lim muharriri

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

5. Atakulov Xodjimurad Inamovich - «Oriat teleradiokompaniyasi» mas'uliyati cheklangan jamiyati bosh muharriri, Toshkent shahri

6. Yesebayev Kuatbay Matekovich - Qoraqalpog‘iston axborot agentligi bosh muharriri

7. Qudratxodjayev Sherzodxon Tajitdinovich - «Xalqaro press-klub» nodavlat notijorat tashkiloti raisi

8. Saidov Zafar Xashimovich - «Mening yurtim» nodavlat telekanali badiiy kengashi mas'ul kotibi

9. Xalilov Abdujalil Vakilevich - «Buxoronoma» va «Buxarskiy vestnik» gazetalari bosh muharririning o‘rinbosari, Buxoro viloyati

«Do‘stlik» ordeni bilan

10. Abdisamatov Shamil Mirzayevich - Tomdi tumani «Tamdi sharuageri» gazetasi muharriri, Navoiy viloyati

11. Atadjanov Azamat Yusupbayevich - «Gazeta.uz» veb-sayti bosh muharriri

12. G‘oyimov Uralboy Sodiqovich - «Xalq so‘zi» gazetasining tezkor axborotlarni muvofiqlashtirish guruhi rahbari

13. Magay Alla Vladimirovna - «Koryo Sinmun» gazetasi bosh muharririning o‘rinbosari, Toshkent shahri

14. Miskov Vyacheslav Yurevich - «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi chop etuvchisi

15. Rizayev Navro‘z Ibodullayevich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali katta muharriri

16. Sattarov Akramjon Usmanovich - O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Namangan viloyati bo‘yicha sharhlovchisi

17. Tashpulatova Nazira Kurbanovna - O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

18. Xudayberdiyev Xushnud G‘ayratovich - Ijtimoiy tarmoqlardagi «Xushnudbek.uz» sahifalari administratori

19. Yusupov Bekzod Dilshadovich - «UzNews.uz» veb-sayti bosh muharriri

«Shuhrat» medali bilan

20. Abduraxmonov Abdug‘ani Abdurasulovich - «Xabar.uz» veb-sayti bosh muharriri

21. Alibayev Sergey Nazaraliyevich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali bosh muharriri o‘rinbosari

22. G‘afurova Ruxsora O‘mirzaqovna - O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi Axborot markazining «Zamon» axborot-tahliliy dasturi muharriri

23. Lapasov Abdushukur Xujaxmadovich - «Jizzax haqiqati» gazetasi bo‘lim muharriri, Jizzax viloyati

24. Mambetsheripova Nazira Abdiganiyevna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali bo‘lim mudiri

25. Narmatov Usmanali Narkulovich - «Surxon tongi» va «Zarya Surxana» gazetalari birlashgan tahririyati mas'ul kotibi, Surxondaryo viloyati

26. Norqobilov Jamshid Buriyevich - O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha fotomuxbiri

27. Teshaboyev Axmadali Teshaboyevich - «Farg‘ona haqiqati» gazetasi bosh muharriri, Farg‘ona viloyati

28. Toshmurodov Toshpulat - Narpay tumani «Paxtakor ovozi» gazetasi bosh muharriri, Samarqand viloyati

29. Tuychiyeva Gulnoza Abdukarimovna - «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi muqovalovchisi

30. Umirzoqov Jamshiddin Abdurazoqovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Toshkent» telekanali katta muharriri

31. Xidirov Qobil Urolovich - Ijtimoiy tarmoqlardagi «Davletov.uz» sahifalari administratori

32. Shermuxamedov Umid Xatamovich    -    «Kun.uz» veb-sayti bosh muharriri

33. Egamov Erkinboy Sobirovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi «Voha» tezkor axborot guruhi muharriri

34. Eraliyeva Zarifa Ashurovna - Toshkent viloyati axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i

Top