8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

16:10 / 28.06.2019 3287

Toshkent xalqaro aeroportida dori savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxs qo‘lga olindi

Toshkent xalqaro aeroportida dori savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxs yana qo‘lga olindi va unga nisbatan jinoiy ish ochildi.

«Toshkent xalqaro aeroportida «Dehli-Toshkent» yo‘nalishidagi 424-sonli reys bilan kelgan yo‘lovchilarni bojxona nazoratidan o‘tkazish vaqtida, «qizil» yo‘lak orqali harakatlangan F.Z. ismli shaxsga tegishli bo‘lgan qo‘l yuki va bagajlarining rentgen tasviri bojxona xodimlari e'tiborini tortdi.

Shundan so‘ng ushbu yo‘lovchiga tegishli bo‘lgan yuklari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, uning yo‘l sumkasi ichidagi kiyimlar orasiga bojxona nazoratidan yashirib joylashtirilgan qiymati 98 mln. so‘mlik 200 dona «Model Cu 375» yozuvli tibbiy vosita hamda 700 dona konvalutada «MI-KIT Mifepristone 200 mg» yozuvli dori vositalari borligi va qayta sotish maqsadida olib kelayotgani aniqlangan. Lekin, ushbu dori vositalarini na yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatgan, na bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma'lum qilgan.

Olib borilgan tekshiruv davomida ushbu shaxs muqaddam ya'ni 2019 yil aprel oyida ham Toshkent xalqaro aeroportida «Dehli-Toshkent» yo‘nalishidagi reys orqali qiymati 74,2 mln. so‘mlik «MI-KIT Mifepristone 200 mg» yozuvli dorilarni sovun qutilari ichiga yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lganida bojxona xodimlari tomonidan ushlangani ma'lum bo‘ldi. Natijada ushbu shaxs sud tomonidan ma'muriy javobgarlikka tortilib, unga nisbatan 1 mln. so‘m jarima jazosi tayinlangan edi.

Afsuski, berilgan ushbu jazodan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan ushbu shaxs takroran yana shunday huquqbuzarlikka qo‘l urdi.

Amaldagi qonunchilik normalarida tovarlar va transport vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan o‘tkazganlik uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgan shaxs ma'muriy jazo qo‘llanganidan so‘ng bir yil davomida yana aynan shunday huquqbuzarlikni ko‘p miqdorda sodir etganda jinoiy javobgarlikka tortilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Shundan kelib chiqib, mazkur holat yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 182-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi», deyiladi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Davlat bojxona organlari tomonidan joriy yilning 5 oyi davomida 226ta holatda qiymati 7,6 mlrd. so‘mlik dori vositalari va tibbiyot buyumlarini respublikamiz xududiga noqonuniy ravishda kirib kelishi hamda muomalaga kiritilishi oldi olingan.

Top