Otabek Çoriyev Davlat bojxona qömitasi raisi örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda telegramdagi Nigoh kanali xabar bermoqda.

Otabek Çoriyev 1974 yilda Surxondaryo viloyati, Şerobod tumanida tuğilgan, 1996 yilda Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaştiriş injyenerlari instituti va Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

1996 yildan Davlat bojxona qömitasi tuzilmalarida turli lavozimlarda işlagan, xususan, qömitaning Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi boşliği bölgan, bojxona xizmati polkovnigi unvoniga ega.

2021 yil aprel oyida investitsiyalar va taşqi savdo vazirining örinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Otabek Çoriyev 2005 yilda «Şuhrat» medali, 2020 yilda «Mardlik» ordenlari bilan taqdirlangan.

Eslatib ötamiz, 2021 yil aprelidan buyon bojxona qömitasi raisi örinbosari bölgan Ötkir Qodirov 2022 yil aprelida Qaşqadaryo viloyat hokimining örinbosari – viloyat investitsiyalar va taşqi savdo boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi.